09:19 / 09.11.2015
2752

Avstraliya xalqaro aeroportlarida chegara xavfsizligi xodimlarining ish tashlashi kuzatilmoqda

9 noyabr kuni Avstraliyaning bir qator xalqaro aeroportlarida chegara xizmati xodimlarining ish tashlashi natijasida yo‘lovchilar va yuklarning ro‘yxatdan o‘tish punktlari hamda chegara va bojxona nazorati punktlarida tiqilinch vujudga keldi. Bu holat mamlakatning sakkiz xalqaro aeroporti - Sidney, Melburn, Kerns, Adelaida, Brisben, Pert, Darvin va Gold-Kostada 24 soat vaqt davomida kuzatilyapti.

Bu so‘nggi uch oy davomida kuzatilayotgan uchinchi xuddi shunday holatdir. Bundan oldin avgust oyi va sentabr oxirlarida mamlakat aeroportlarida chegara xizmati xodimlarinining ish tashlashi kuzatilgandi. Natijada aeroportlarda bir necha soatga ish to‘xtab qolgandi. Ammo bu hech qanday samara bermagan edi. Ularning talablari qo‘shimcha ish soatlari va ish kunlari uchun haq to‘linishiga hukumat e'tiborini qaratishdir.

"Bizning qarama-qarshilik bir yildan beri davom etyapti. Endi hukumat vakillarining bir stol oldida o‘tirib, mavjud muammolarni hal etish vaqti keldi”, - dedi mamlakat kasaba uyushmalari kotibi Nadin Flad.

Top