18:53 / 09.11.2015
3798

BAA tashqi ishlar vaziri: Isroil Falastin xalqiga qarshi harbiy jinoyatlar qilmoqda

Isroil qurolli kuchlari Falastin xalqiga nisbatan harbiy jinoyatlar sodir etmoqda. Bu haqda arab ligasiga kiruvchi mamlakatlarning favqulodda yig‘ilishi paytida BAA tashqi ishlar vaziri Abdulloh ibn Zayd al Nahyon aytib o‘tgan.

"Isroil falastinliklarga qarshi harbiy jinoyatlar sodir etmoqda ", - dedi diplomat, xalqaro hamjamiyatni falastinliklarga yordam berish va ularni himoya etishga chaqirar ekan.

Falastin Hukumati tashqi ishlar vaziri Riyod al Malikiyning ma'lum qilishicha, “Isroil tomoni Quddusdagi vaziyatni izdan chiqarishga harakat qilmoqda”.

Top