00:21 / 09.11.2015
3149

Jokovichning Parijdagi g‘alabasi uning bir qancha rekordlar o‘rnatishiga sababchi bo‘ldi

Jahonning birinchi raketka ustasi Novak Jokovichning Parijda o‘tgan “Masters 1000” musobaqasi g‘olibiga aylanishi u tomonidan ATP da bir qancha rekordlar o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi.

Jokovich uchun bu titul 2015 yil mavsumida o‘tgan musobaqalar seriyasining oltinchisi bo‘ldi. U bu borada hozircha yetakchi. Undan tashqari besh mavsum Rafael Nadal (2013), Jimmi Konnors (1976) va Rod Leyver (1970)lar zafar quchishgan.

Bu uning mavsumda sakkizinchi bor “Masters” finaliga chiqishi – bu borada ham birinchi.

Jokovich “Masters” finalida qatnashgan ikkinchi raketka ustalari bilan eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan sportchi sifatida ham rekord o‘rnatdi — besh nafar: (Indian-Uells, Rim, Tsintsinnati – Rojyer Federerga qarshi, Monreal, Parij – Endi Marreyaga qarshi). Ulardan uchtasida qo‘li baland kelgan.

Parijdagi g‘alaba Jokovich faoliyatidagi 26-si bo‘ldi. U bu borada Nadaldan bittaga ortda bormoqda.

Bu serbiyalik raketka ustasi uchun mavsumdagi 14-final. U bu borada Gilermo Vilas (13 – 1977), Ivan Lendl (11 – 1982), Rojyer Federer (11 – 2006) va Jon Makinroya (11 – 1984)larni ortda qoldirmoqda.

Jokovich, shuningdek, tarixda ilk bor Bersi turnirining to‘rt karra g‘olibi bo‘ldi.

Top