15:47 / 09.11.2015
3967

«Kogalimavia» xodimlari A321 halokati ortidan ommaviy ravishda ishdan bo‘shab ketmoqda

Misrdagi aviahalokatdan keyin Rossiyaning «Kogalimavia» aviakompaniyasining 20 nafar styuard va styuardessalari ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozgan. Ularning ko‘pchilik qismi yaqinda ishga kirgan xodimlar bo‘lishgan.

Shuningdek, bo‘shash to‘g‘risida ariza berganlar orasida tajribali xodimlar ham mavjud. Ular bu qarorlarini qarindoshlarining bunday xavfli ishda ishlashga mutlaqo qarshi bo‘layotganini sabab qilib keltirishgan.

Xodimlardan birining qayd etishicha, kompaniyada ommaviy ravishda ishdan ketish holati kuzatilmoqda. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i hattoki ularni rasmiylashtirishga ulgurmay qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Kogalimavia» kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Airbus 321 Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot 31 oktabr kuni Misrda halokatga uchragandi. Samolyot bortida bo‘lgan 224 nafar, jumladan 217 nafar yo‘lovchi (ularning 25 nafari bolalar) halok bo‘lgandi.

Top