19:26 / 09.11.2015
4536

KUN.UZ dayjesti: 9 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 9 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

BMT tashqi ishlar vaziri: Isroil Falastin xalqiga qarshi harbiy jinoyatlar qilmoqda>>

Isroil qurolli kuchlari Falastin xalqiga nisbatan harbiy jinoyatlar sodir etmoqda. Bu haqda arab ligasiga kiruvchi mamlakatlarning favqulodda yig‘ilishi paytida BAA tashqi ishlar vaziri Abdulloh ibn Zoid al Nahayon aytib o‘tgan.

Britaniya terrorizmga qarshi kurash uchun maxsus xizmatlar xodimlari sonini oshirmoqchi>>

Britaniya moliya kansleri Jorj Osborn mamlakatda maxsus xizmatlar xodimlari sonining sezilarli darajada oshirilishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.

Qohirda IShIDning mahalliy boshlig‘i yo‘q qilindi>>

Misr huquq-tartibot idoralari xodimlari Qohiradagi “Ansor Bayt al Maqdis” terrorchilik guruhining rahbari Ashraf al-Garabliyni yo‘q qildi. Bu haqda Misr OAV ma'lumotlariga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Putin Rossiya hududidan Misrga bo‘ladigan parvozlarning vaqtinchalik bekor etuvchi farmonga imzo chekdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 noyabrdan boshlab Rossiya hududidan Misrga bo‘ladigan parvozlarning vaqtinchalik bekor etilishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Mazkur farmon mamlakatning huquqiy axborotlar rasmiy internet portalida e'lon qilindi.

AQShga tegishli dron Kuvaytda qulab tushdi>>

8 noyabr kuni amerikalik harbiylarga tegishli dron Kuvayt hududida qulab tushdi. Bu haqda Pentagonga asoslanib, Reyter xabar bergan.

Google yurak xastaliklariga qarshi kurash usullarini o‘rganishga 50 mln dollar ajratadi>>

Amerikaning Google korporatsiyasining Google Life Sciences sho‘'ba kompaniyasi insonlardagi yurak qon-tomir xastaliklariga qarshi kurashning yangi va innovatsion usullarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihasida ishtirok etadi. 

Eron TIV 3 nafar eronlikning qatliga izoh so‘rab, Saudiya Arabistoni elchisini chaqirtirdi>>

Saudiya Arabistoni elchisi Eron Tashqi ishlar vazirligiga Saudiyada 3 nafar eronlikning qatl qilinishi yuzasidan izoh so‘rash maqsadida chaqirtirildi. Bu haqda ISNA agentligiga asoslangan holda Associated Press xabar tarqatgan.

Britaniya TIV: Bizni Yevrokengashdagi “pardoz” o‘zgarishlari qoniqtirmaydi>>

Britaniya bosh vaziri Yevrokengash raisiga mamlakatlarning YeKga a'zo bo‘lishi to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartishlar kiritilishi borasidagi talablar bitilgan maktubni jo‘natdi.

Netanyaxu Isroilga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishlarini so‘rash uchun AQShga parvoz qildi>>

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShga parvoz qildi. Uning kun tartibidan AQSh prezidenti Barak Obama bilan Amerikaning Isroil davlatiga yaqin o‘n yillikda ham harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish masalasini muhokama qilish o‘rin olgan.

AQShda avtoturargohdagi 12 mashinani yer yutib ketdi>>

AQShning Missisipi shtatidagi restoranlardan birining avtoturargohidagi eng kamida 12ta avtomobil yer ostiga kirib ketdi, deya xabar qildi Dallas Morning News nashri.

AQSh samolyoti Venesuela havo hududiga beruxsat kirdi>>

AQSh qirg‘oq qorovuli xizmati samolyoti tegishli ruxsatga ega bo‘lmay turib Venesuela havo hududiga kirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes 8 noyabr kuni xabar berdi.

Qirg‘iziston va Iroq o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi>>

5 noyabr kuni Qirg‘iziston va Iroq o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV xabar berdi.

Yamandagi portlashda 16 askar halok bo‘ldi>>

Yamanning Marib provinsiyasida yo‘l chetiga o‘rnatilgan portlovchi uskunaning harakatga kelishi oqibatida eng kamida 16 nafar askar halok bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Reuters.

Moskvalik rassom FSB eshigini yoqib yubordi>>

Rossiyalik rassom-aktsionist Pyotr Pavlenskiy Moskva markazida, Lubyankada Federal xavfsizlik byurosi (FSB) binosi eshigini yoqib yubordi. Voqea aks etgan videolavha internetga joylashtirildi.

Xorvatiyadagi parlament saylovida muxolifatdagi partiya g‘olib bo‘ldi>>

8 noyabr kuni Xorvatiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi va dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat YeIga a'zo bo‘lganidan beri ilk marta o‘tkazilgan ushbu parlament saylovi muxolifat g‘alabasi bilan yakunlangan.

Qozog‘istonda “Buyuk dasht mamlakati” brendi yana muhokamalarga sabab bo‘lmoqda>>

Bir muddat ilgari Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Buyuk dasht mamlakati” degan nomni mamlakatning brendiga aylantirish tashabbusi bilan chiqqan edi. Endilikda bu tashabbus kattaroq miqyosga chiqib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

NYT: A321 bortida portlovchi uskuna bo‘lgani haqidagi yangi ma'lumotlar Putinning Suriya bo‘yicha qarorini mustahkamlaydi>>

Rossiyaning A321 layneri bortida IShID terroristlari tomonidan portlash sodir etilgani haqidagi ma'lumot Vladimir Putinning Suriya masalasidagi qat'iyatini faqatgina mustahkamlashi mumkin, deya yozmoqda The New York Times gazetasi tahlilchilar fikriga asoslangan holda.

Xitoyda havo ifloslanishi rekord darajaga yetib bordi>>

Xitoyning ayrim hududlarida bugungi kunga kelib havo ifloslanishi darajasi me'yoridan 56 barobarga oshib ketgan. Bu haqda Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslangan holda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Neft narxida 3 kunlik pasayishdan keyin yana o‘sish qayd etildi>>

9 noyabr, dushanba kuni oxirgi uchta sessiyadagi pasayishdan keyin neft narxida o‘sish kuzatildi.

XVJ: Fors ko‘rfazi davlatlari byudjyetlari 2015 yilda 275 mlrd dollar yo‘qotadi>>

Fors ko‘rfazi davlatlari yalpi ichki mahsuloti o‘sishi neft narxining tushishi sababli 2015 yilda 3,2 foizgacha pasayadi, bu davlatlar byudjyetlari 275 mlrd dollar ziyon ko‘radi, ularning defitsiti 12,7 foizni tashkil qiladi. 

The Times: Mourino hozircha ishdan bo‘shatilmaydi>>

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yaqin vaqtlar ichida iste'foga chiqarilmaydi.

Nigeriya o‘z tarixida 5-marta yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi>>

Nigeriya U-17 terma jamoasi Chilida yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida Mali termasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Nepalda terma jamoa futbolchilari davlatga xiyonatda ayblanmoqda>>

Nepal hukumati bir necha futbolchilarni davlatga xiyonat qilishda aybladi. Ular milliy terma jamoa o‘yinlarini sotishda ishtirok etgani gumon qilinib, qo‘lga olingandi. Bu haqda The Himalayan Times nashri politsiyadagi manbasiga asoslangan holda xabar qilgan.

Top