18:31 / 09.11.2015
2946

Maggi lapshalari "cho‘chqa go‘shti mojarosi" tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan yarim yil o‘tib, yana Hindiston bozoriga qaytdi

Nestle kompaniyasi Hindistonda deyarli yarim yillik tanaffusdan keyin yana Maggi lapsha mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni yo‘lga qo‘ydi.

«O‘tgan besh oy Nestle uchun qiyin davr bo‘ldi, shunday ekan Hindiston bozoriga qaytayotganimizdan xursandmiz», — deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Nestle kompaniyasining Hindistondagi vakillik idorasi rahbari Suresha Narayanananing qayd qilishicha, oktabrda bo‘lib o‘tgan test natijalariga ko‘ra, Maggi tarkibidagi cho‘chqa go‘shti miqdori xavfsiz darajada ekani ma'lum bo‘lgan va yana do‘kon rastalariga chiqarilgan.

Avgust oyida Hindiston hukumati Shveytsariyaning Nestle kompaniyasini Maggi brendi ostidadagi ishlab chiqarilgan, jami 6,4 mlrd rupiylik (99 mln dollar atrofida) lapshalarda inson sog‘lig‘i uchun xavfli darajada cho‘chqa go‘shtidan foydalanlikda ayblab sudga bergandi.

Keyinchalik Mumbay hukumati Maggi lapshalari sotishni taqiqlagan va mahsulot tarkibini qayta tekshirish bo‘yicha buyruq bergandi.

Top