16:52 / 09.11.2015
2239

Oxirgi 5 yil ichida Qirg‘izistonga ota-onasining g‘amxo‘rligisiz qolgan 50 bola qaytarildi

Oxirgi 5 yil ichida Qirg‘izistonga Rossiyadan ota-onasining g‘amxo‘rligisiz qolgan 50 bola qaytarildi. Bu haqda mamlakat ijtimoiy rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, onalar farzandlaridan turli sabablarga ko‘ra voz kechishgan. Jumladan, ayrimlari doimiy yashash joyiga yoki muntazam daromadga ega bo‘lmagan, boshqalari esa nikohdan o‘tmaganligi bois jamiyat tanqididan qochib bu ishni qilgan.

Ijtimoiy rivojlanish vazirligi 2011 yildan buyon bunday sabablarga ko‘ra ota-onasining g‘amxo‘rligisiz qolgan bolalarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rib kelmoqda. Buning uchun 2015 yil byudjyetidan 1.525 mln som ajratilgan.

Top