22:35 / 09.11.2015
2468

Patrik Viyeyra «Nyu-York Siti» jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Fransiyalik sobiq futbolchi Patrik Viyeyra rasman «Nyu-York Siti» jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tayinlandi.

Ayni vaqtda MLS tanaffusga chiqqani tufayli u o‘z vazifasiga 2016 yilning 1 yanvaridan kirishadi.

Jamoa saytida ma'lum qilinishicha, 39 yoshli Viyeyra bilan 3 yillik shartnoma imzolangan.

Futbolchilik faoliyatini "Arsenal", "Yuventus", "Inter" va "Manchester Siti" kabi jamoalarda o‘tkazgan sobiq futbolchi bu vaqtgacha "Manchester Siti" jamoasida bolalar murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘tgan haftada "Nyu-York Siti" jamoasi mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik tufayli bosh murabbiy Jyeyson Kreysni ishdan bo‘shatdi.

Qayd etish kerakki, jamoa MLS da Sharqiy zonadagi 10 jamoa ichida 8-o‘rinni egalladi va pley-offga o‘ta olmadi. Jamoada Andrey Pirlo, Frenk Lempard va David Vilya kabi tajribalarni o‘z tarkibida jamlaganiga qaramasdan, yaxshi natija ko‘rsata olmasligi rahbariyatni islohotga chorlagan.

Top