18:40 / 09.11.2015
5928

Pentagon: Xitoyda sun'iy yo‘ldoshga qarshi raketa sinovi o‘tkazildi

Xitoy sun'iy yo‘ldoshni yo‘q qiluvchi yangi raketani sinovdan o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda The Washington Free Beacon Pentagon ma'lumotiga asoslanib.

Pentagon ma'lumotiga ko‘ra, Dong Neng 3 raketasi 30 oktabrda tayyor bo‘lgan.
Xitoy OAVlari ham 1 noyabr kuni raketaga qarshi mudofaa tizimda uchirilgan raketa ushlovchi qurilmani ishga tushirilgani suratlarini chop etdi.

Pentagonning ta'kidlashicha, Dong Neng 3 raketasining asosiy vazifasi sun'iy yo‘ldoshni yo‘q qilishdir. Ammo Amerika razvedkasi uning ballistik raketalarni ushlash qobiliyatini ham nazardan chetda qochirmayapti.

XXR o‘tkazgan tajriba haqida AQSh va Pentagon izoh berishni istamagan. Vashingtondagi Xitoy elchixonasi vakili ularda sinov haqida hech qanday ma'lumot yo‘qligini aytgan.

Top