12:20 / 09.11.2015
2819

Qirg‘iziston va Iroq o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi

5 noyabr kuni Qirg‘iziston va Iroq o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV xabar berdi.

Qirg‘iziston va Iroqning BMTdagi doimiy vakolatxonalari rahbarlari Nyu-Yorkda ushbu hujjatni imzolab, o‘zaro munosabatlarini BMT yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshirish niyatlarini aniq belgilab berdilar.

Shuningdek, tomonlar diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga ma'lum hissa bo‘lib qo‘shilishidan umid qilmoqda.

Top