16:51 / 09.11.2015
2905

The Times: Mourino hozircha ishdan bo‘shatilmaydi

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yaqin vaqtlar ichida iste'foga chiqarilmaydi.

The Times nashrida yozilishicha, klub xo‘jayini Roman Abramovich terma jamoalar o‘yini bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan tanaffus vaqtida Mourinoni iste'foga chiqarmaslikka qaror qilgan va murabbiy "Norvich Siti"ga qarshi kechadigan o‘yinga "Chelsi"ni tayyorlaydi.

Ammo Abramovich Mourinoga kelajagi borasida hech qanday kafolat bermagan.

Qayd etish kerakki, "Chelsi" ayni vaqtda 12 turdan keyin 11 ochko to‘plagan holda 16-o‘rinda joylashgan. Jamoa ketma-ket 3 turda mag‘lubiyat qayd etdi.

Top