12:57 / 09.11.2015
2933

Yamandagi portlashda 16 askar halok bo‘ldi

Yamanning Marib provinsiyasida yo‘l chetiga o‘rnatilgan portlovchi uskunaning harakatga kelishi oqibatida eng kamida 16 nafar askar halok bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Reuters.
Bundan tashqari, yana olti harbiy jarohat olgan.
Hozircha portlovchi qurilmani kim joylashtirgan bo‘lishi mumkinligi noma'lum.

Top