22:54 / 10.11.2015
3556

AQShda o‘lim jazosi tayinlanganlarning har o‘n nafardan biri turli urush qatnashchilari ekanligi qayd etildi

AQShda o‘lim jazosiga hukm qilinganlarning har o‘n nafardan bittasini harbiy harakatlarda ishtirok etgan veteranlar tashkil etadi. Bu haqda BuzzFeed News xabar bermoqda.

DPIC (o‘limga hukm etilganlar masalasi bo‘yicha axborot markazi)ning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda AQSh qamoqxonalarida o‘limga hukm etilganlarning 300 nafarini veteranlar tashkil etadi. Bu umumiy hisob bo‘yicha 10 foiz demakdir. Huquq himoyachilarining aytishicha, ular tomonidan qilingan jinoyatlar harbiy harakatlarda ishtirok eganliklari oqibatida orttirilgan posttravmatik stressli kasalliklar (PSK) natijasida sodir etilgan.

Veteranlar ishi bo‘yicha AQSh departamentining ma'lum qilishicha, PSK bilan og‘riganlarning 11 foizi Iroq urushida, 20 foizi Afg‘onistondagi urushda va 12 foizi “Cho‘ldagi bo‘ron” harbiy operatsiyasida qatnashgan veteranlardir. Taqqoslash uchun, shuni misol keltirish mumkinki, Vetnam urushida qatnashganlarning 30 foizi xuddi shu dard bilan og‘rigan edi.

Top