12:00 / 10.11.2015
2665

Arsen Venger APLning oktabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Angliya premer ligasida o‘tgan oyning eng yaxshilari aniqlandi.

Unga ko‘ra, "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger oktabr oyida APLning eng yaxshi bosh murabbiyi sifatida tan olindi.

Uning rahbarligida "kanonirlar" oktabr oyida APL doirasida 4ta o‘yin o‘tkazdi va barchasini g‘alaba bilan yakunladi: "Manchester Yunayted" (3:0), "Uotford" (3:0), "Everton" (2:1), "Suonsi" (3:0). Shuningdek, jamoa YeChLda "Bavariya"ga qarshi 2ta o‘yin o‘tkazdi va birida 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchisida 1:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Angliya Ligasi Kubogi doirasida o‘tkazilgan yana bir o‘yinda "Sheffild Uensdey"dan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lindi.

Ayni vaqtda, "Arsenal" APLning 12 turidan keyin 26 ochko jamg‘argan holda "Manchester Siti" bilan birgalikda 1-2 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Top