09:42 / 10.11.2015
3258

As: «Barselona» 2008 yilda Benzemani uning xarakteri to‘g‘ri kelmagani uchun sotib olmagandi

«Real» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema 2008 yilning yozida «Barselona»ga o‘tishi mumkin edi.

As nashrida yozilishicha, kataloniyaliklar o‘sha paytda "Lion" hujumchisini 30 million yevro evaziga xarid qilishga tayyor turishgandi, ammo Benzemaning xarakteri va atrofidagilar tufayli uni transfer qilish fikridan voz kechishgandi.

Klub sport direktori Chiki Begiristayn o‘yinchi bilan uning uyida uchrashgan va Karimning "Barselona"ga moslashib ketishi qiyin kechishiga ishonch hosil qilgandi. Oradan 1 yil o‘tib, «Real» Benzemani 35 million yevroga sotib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema Valbuenaga nisbatan tovlamachilik qilishda ayblanmoqda.

Top