17:28 / 10.11.2015
15154

IShID Afg‘onistondagi o‘rnini mustahkamlamoqda

IShID guruhi o‘zining Afg‘onistondagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Bu haqda Rossiya Federal qidiruv byurosi direktori o‘rinbosari Yevgeniy Sisoyev aytib o‘tdi.
2015 yil yanvarida IShID rahbariyati Afg‘onistonda Xuroson amirligini ta'sis etish niyatlari borligini aytgan edilar.

“Ushbu rejalarga ko‘ra, Afg‘oniston islom davlatining yangi viloyati uchun boshlang‘ich maydon bo‘lib xizmat qilishi kerak, - dedi u Sochida bo‘lib o‘tgan Xalqaro prokurorlar uyushmasining Markaziy va Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo davlatlari uchun 7-konferensiyasidagi chiqishida.

– Jangarilar uning tarkibiga, Afg‘onistondan tashqari, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Xitoyning shimoli-g‘arbiy viloyatlarini kiritishni rejalashtirayotganlarini iddao qilmoqda”.

Top