10:06 / 10.11.2015
7415

Ispaniyalik doktorni g‘oyib bo‘lganidan 20 yil o‘tib, Italiya o‘rmonidan topishdi

Ispaniyalik doktorni g‘oyib bo‘lganidan 20 yil o‘tib, Italiya o‘rmonidan tirik holatda topishdi, deb xabar bermoqda Sky News.

Karlos Sanches Ortiz de Salazar “kir bosgan yuz va qalin soqollari” bilan Toskanadagi o‘rmondan ikki hafta muqaddam topildi. Uni qo‘ziqorin tergani borgan ikki kishi uchratib qolgan.

Doktor ularga pasportini ko‘rsatgan va “Men ispanman, ismim Karlos. Bu yerda 1997 yildan buyon yashayman”, deb aytgan. U odamlar orasida yashashni istamagan, ammo hozir o‘rmondan ketish istagi borligini qo‘shimcha qilgan.

U Sevilyadagi uyidan 1995 yilda chiqib ketgan va 2011 yilda rasmiy ravishda halok bo‘lgan, deb topilgan.

Uning oilasi Karlosni uchratish uchun o‘rmonga borishdi, ammo doktor yana g‘oyib bo‘ldi. Ota-onasi uning pasportini ko‘rib, u aynan ularning o‘g‘li ekanligini tasdiqlashdi.

Top