11:08 / 10.11.2015
3236

Kommersant: Rossiya xavfli davlatlarga parvozlar amalga oshirishga taqiqlov kiritishi mumkin

Rossiyaliklarning nafaqat Misrga, balki boshqa xavfli davlatlarga parvoz qilishlarini taqiqlash imkoniyati Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘tkazgan yig‘ilishda muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Kommersant” gazetasi Rossiya davlat muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda.

Rossiya 6 noyabr Moskva vaqti bilan soat 20.00dan Misrda A321 samolyoti falokatga uchrashi sabablari aniqlashtirilmaguncha Misr bilan aviaaloqani to‘xtatdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Misrda qolayotgan rossiyaliklarga uylariga qaytishda yordam ko‘rsatish vazifasini yukladi. Shuningdek, Putin 8 noyabrda Rossiya aviakompaniyalariga 8 noyabrdan Misrga yo‘lovchilarni tashishni vaqtinchalik to‘xtatish haqidagi qarorni imzoladi.

Gazeta manbasining fikricha, Misr bilan aviaaloqa ancha muddatga to‘xtatilgan.

“Misr bilan aviaaloqaga taqiqlov 1-2 oyga emas, bir necha yillarga cho‘ziladi”, deb aytmoqda manba.

Manbaning ta'kidlashicha, bunday taqiqlovlar “boshqa davlatlarga nisbatan ham kiritilishi mumkin”.

Top