08:19 / 10.11.2015
3801

London Rossiyaga A321 samolyoti falokati bo‘yicha hamma razvedka ma'lumotlarini bermagan

Buyuk Britaniya Rossiyaga A321 samolyotining falokati bo‘yicha razvedka ma'lumotlarining bir qisminigina bergan. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond bu holatni uning davlati hamma ma'lumotlar bilan ham bo‘lisha olmasligi bilan tushuntirgan.  

“Biz bo‘lisha oladigan ma'lumot bor va biz u bilan hamkorlarimiz bilan bo‘lishdik. Biroq razvedkaning ba'zi manbalari muayyan sabablarga ko‘ra oshkor etilishi mumkin emas”, deb aytdi Xammond.

Xammond Rossiya, Misr va AQShning o‘zida ham razvedka xizmatlari borligi va ular tabiiyki yetarlicha ma'lumotlarga ega ekanliklarini ta'kidlab o‘tdi.

Londonning fikricha, samolyotda terakt sodir etilgan. Buyuk Britaniya razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, teraktni IShID jangarilari amalga oshirgan. Buyuk Britaniya Rossiya bilan ushbu taxminni tasdiqlovchi ma'lumotlar bilan bo‘lishishga qaror qilgan.

Top