12:22 / 10.11.2015
2890

Mutaxassis yoshlarni kamida bitta hunarga o‘rgatishga chaqirdi

Ayni kunlarda mahallalarda yoshlarning bekor yurmasligi yo‘lida olib borilayotgan tadbirlar doirasida ota-onalar o‘z farzandlariga hunar o‘rgatib borish tavsiya qilinmoqda. Toki, yoshligidan kamida bitta hunarli bo‘lgan yoshlar kelajakda ish topishda ham, katta hayot yo‘lini boshlashda ancha-muncha qiyinchiliklardan qutulib qoladi. Bu haqda “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Dolli Allayev aytib o‘tdi.

“Ilgari oilada farzandga “Maktabga bir haftada bir marta borsang ham bo‘laveradi”, degan qarashda bo‘lgan ota-ona ham yo‘q emasdi, - uning so‘zlarini keltiradi “Oila davrasida” gazetasi. – Bugun mahalla va ta'lim muassasasi birlashib, oilaga ta'sir o‘tkazishi natijasida o‘quvchilarning ta'limga jalb qilinishi va to‘la qamrab olinishiga erishilyapti. Ota-onalarga “Farzandingiz kamida bitta hunarni o‘rganib chiqqani ma'qul emasmi? Ertaga hayotda o‘ziga asqotadi-ku!” degan fikrni tushuntirib, yoshlarning vaqti behuda o‘tishi hamda e'tibordan chetda qolishining oldi olinyapti. Shu maqsadda mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligida ta'lim-tarbiya sifatini o‘rganish, o‘quvchilarning dars jarayoniga jalb etilishi, o‘qishga muntazam qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish bo‘yicha jami 75 mingga yaqin targ‘ibot tadbirlari o‘tkazdik”. 

Top