13:33 / 10.11.2015
11979

O‘zbekistonda Rossiyaga chiqib ketishga harakat qilgan qurolli narkodiler to‘xtatib qolindi

O‘zbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi organlari Rossiyaga ko‘p miqdorda giyohvand moddalar olib chiqib ketishga harakat qilgan shaxs qo‘lga olindi.

12news.uz saytining Qashqadaryo viloyati IIB vakiliga tayanib xabar berishicha, bojxona nazorati chog‘ida Termizdan Moskvaga ketayotgan poyezd yo‘lovchisining yonidan TT to‘pponchasi, AK-74 avtomatik quroli va patronlar topilgan.

Bundan tashqari, sintetik qop ichida 27 kg opiy xom ashyosi olib ketilayotgani aniqlangan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Top