08:25 / 10.11.2015
3276

Ronaldu: Mourino bilan yana birga ishlashga qarshi bo‘lmasdim

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Chelsi» bosh murabbiyi Joze Mourino bilan ishlashga qarshi emasligini ta'kidlab o‘tdi.

«Mourino bilan yana birga ishlashga qaytish? Nega endi yo‘q? Mening "Real" bilan shartnomam tugashiga hali 2 yil bor. Biroq kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi», – deydi Krishtianu Ronaldu Marca nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Mourino 2010-2013 yillarda «Real»da ishlagan vaqtida Krishtianu Ronalduga ustozlik qilgandi.

Top