00:00 / 10.11.2015
2853

Shvetsiya Yevropa Ittifoqidan mamlakatga kelgan 54 minggacha muhojirni qabul qilishni so‘ramoqda

Shvetsiya o‘z hududiga kelgan 54 minggacha muhojirni Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlardan o‘zlarida qabul qilishni so‘ramoqda, deb aytdi Shvetsiyaning migratsiya ishlari bo‘yicha vaziri Morgan Yuxansson jurnalistlarga.

“Hech qaysi bir davlat Suriyada urush boshlangandan beri muhojirlarga yordam berish borasida Shvetsiyadan ko‘proq narsa qilmadi. Biroq bizning imkoniyatlar ham cheklangan. Biz Shvetsiyaga kelayotgan odamlarga ularga boshqa joy berishni kafolatlay olmasligimizni aytishga majburmiz. Biz hech qachon bunday vaziyatga duch kelmaganmiz va shuning uchun Yevropa Ittifoqidan bizga bu borada yordam berishini so‘raymiz”, deb aytdi vazir Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari majlisida.

Shvetsiya hukumati 2015 yilning o‘tgan oylari davomida 100 mingdan ko‘proq qochqinni qabul qildi va hukumat ularni joylashtirish borasida muammolarga duch kelmoqda.

22 sentabrda YeI TIV rahbarlari 120 ming muhojirni taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qilishgan. Ulardan 54 mingini Vengriyadan turli joylarga tarqatish ko‘zda tutilgan edi. Biroq Vengriya bunday sxemada ishtirok etishdan bosh tortgan va shunda dasturning amalda bo‘lishining ikkinchi yilida boshqa davlatlardan 54 ming kishini YeI davlatlariga tarqatishga qaror qilingan. Bunda ustuvorlik tartibida muhojirlarni Gretsiya va Italiyadan olish ko‘zda tutilgan.

Top