16:30 / 10.11.2015
3851

Xitoyda Shanxay hokimining o‘rinbosariga nisbatan axloqiy ish qo‘zg‘atildi

Xitoyda partiya tomonidan mamlakat sharqidagi eng yirik megapolis – Shanxay ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Ay Baotszyunga nisbatan ichki tergov olib borilmoqda. Bu haqda Xitoy kommunistik partiyasining axloq-odobni tekshirish bo‘yicha markaziy qo‘mitasi xabar qildi.

Xabarnomada ta'kidlanishicha, partiya qo‘mitasi a'zosi bo‘lgan Ay Baotszyun jiddiy axloqiy qoidabuzarliklarda gumon qilinmoqda.
Partiya tergovi XXRda odatda amaldorlarning korrupsiyada ayblanishiga olib keladi, shundan so‘ng ishni o‘z zimmasiga huquq-tartibot organlari oladi.

Baotszyun 2007 yildan hozirgi amalni egallab turibdi, unga qadar esa Xitoydagi eng yirik metallurgiya korporatsiyasi Baosteel’ga boshchilik qilib kelgan. 2013 yil sentabridan u Shanxay erkin savdo zonasini boshqarish qo‘mitasiga boshchilik qilib kelgan.

Top