17:02 / 10.11.2015
6410

Xitoylik suzuvchi qiz Tsin Veni 17 yoshida vafot etdi

Pekin shahrida xitoylik suzuvchi qiz Tsin Veni 17 yoshida qo‘qqisdan vafot etdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, Xitoy suzish sportining "kelajagi porloq" vakillaridan biri o‘zi yashayotgan yotoqxonadan jonsiz holda topilgan.

Tsin Veni shu yilning oktabr oyi oxirida Futszyan viloyatida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Xitoy ichki birinchiligida ishtirok etgan va 100 m masofaga suzishda oltin medal olgandi. U Pekinga qaytgach, doimiy ravishda shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan, shifokorlar unda alohida salbiy holatni qayd etishmagandi.

Manbada aytilishicha, marhumning qo‘shnilari uning xonasida qattiq chinqiriqni eshitishgan. Qo‘shnilar unga yordam ko‘rsatish uchun yetib borishganida Tsin Veni hushsiz edi. Yarim soat o‘tgach, shifokorlar uning o‘limini qayd etishdi.

Top