17:29 / 11.11.2015
5288

Brabus 700 ot kuchiga ega Mercedes-Benz GLE Coupe ishlab chiqdi

Brabus tyuning-atelesi 700 Soupe nomini olgan “kuchlantirilgan” Mercedes-Benz GLE Coupe 63 AMG S krossoverini ishlab chiqdi. Uning taqdimoti Dubaydagi motorshouda o‘tkazildi.

Mashinaga karbonli aerodinamik kuzov ilgaklari, deflektorlar, orqa diffuzorlar qo‘shildi. Bundan tashqari, krossover 23 dyuymli alyuminiyli g‘ildirak disklariga va Airmatic pnevmatik ilgagiga ega bo‘ldi.

Salonda havo rang teri tortilgan o‘rindiqlar alyuminiyli eshik qulflari va pedal ulamalari paydo bo‘ldi.
Brabus 700 Soupe 5.5 l li V8 tvin-turbo agregati bilan ta'minlangan bo‘lib, uning quvvati 585 ot kuchidan 700 ot kuchiga yetkazildi.
Krossover 4 sekundda 100 km/soat tezlikka erisha oladi. Maksimal tezlik 300 km/soatni tashkil qiladi.

Top