22:39 / 11.11.2015
3061

Butun dunyo bo‘ylab aviareyslarni real vaqtda yo‘ldoshlar orqali kuzatish mumkin bo‘ladi

Endilikda fuqarolik aviareyslari parvozlarini real vaqtda yo‘ldoshlar orqali kuzatish mumkin bo‘ladi. Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi buning uchun alohida chastotadan foydalanishga kelishib oldi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilindi.

1087,7–1092,3 MGts chastotasi mobil aloqa yo‘ldoshlari orqali samolyot uzatkichlaridan ma'lumotlarni qabul qilish uchun ajratildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu yangi bayonnoma “Malayziya avialiniyalari”ga tegishli MH370 samolyoti 2014 yil 8 martda radarlar ekranidan yo‘qolib qolgani sababli Malayziya tomondan ishlab chiqildi.

MH370 reysi bilan Kuala-Lumpurdan Pekinga uchib ketayotgan Boeing 777-200 samolyoti bortida 227 yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a'zosi bilan 2014 yil 8 martga o‘tar kechasi radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyot bilan aloqa uzilib qolgandan keyin uning keyingi taqdiri hanuzgacha noma'lumligicha qolmoqda.

Top