20:42 / 11.11.2015
17874

Erning tug‘ayotgan rafiqasi yonida olgan selfisi internetda mashhurlashib ketdi

Tug‘ruq xonasida o‘z rafiqasi farzandini dunyoga keltirayotgan holatni selfiga muhrlagan er internetni "zabt etdi".

Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, bu selfi muallifi amerikalik Gil Solano hisoblanadi. U o‘zining g‘aroyib selfisini Reddit saytiga joylashtirganidan keyin mashhurlikka erishgan.

Solanoning aytishicha, bunday qilishni undan rafiqasi iltimos qilgan. Uning rafiqasi, bunday muhim vaqtning fotolentaga muhrlanishini istagan.

Ushbu selfida Solano kulib turgani, uning ortida esa rafiqasi Sarani to‘lg‘oq tutayotgani tasvirlangan. Suratda uning og‘riqdan azob chekayotganini ko‘rish mumkin.

Sara qiz tuqqan va chaqaloqning vazni 3,3 kg chiqqan.

Qayd etilishicha, bu surat saytda 1,5 mln martadan ortiq ko‘rilgan.

"Men bu suratni qizimning akalariga ko‘rsataman, ular hamisha bu qanday bo‘lishiga qiziqishardi", deydi Solano.

Uning aytishicha, bu suratni rafiqasida ham yengil tabassum paydo qilgan.

"Endi, rafiqam qizaloqni ovqatlantirish bilan band, men esa bu vaqtda sizlarning surat ostidagi barcha izohlaringizni o‘qib chiqaman", deydi Solano.

Mashable nashrida aytilishicha, qizaloqqa Yeva ismini qo‘yishgan.

Top