19:06 / 11.11.2015
2681

Fabregas «Chelsi» futbolchilari hamon Mourinoga ishonch bildirayotganini ma'lum qildi

Angliyaning «Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Fransesk Fabregas jamoadagi hozirgi vaziyat borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chelsi»da hammadan ham ko‘p Azar, Diyego Kosta va meni tanqid qilishmoqda. Ammo bunga asta-sekin ko‘nikib bormoqdamiz».

«Chempionatdagi ishlarimiz yaxshi yo‘nalishda davom etmayapti. O‘tgan mavsumda biz jami bo‘lib to‘rtta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragandik. Bu yilgi mavsumda esa hozirning o‘zidayoq yettita mag‘lubiyatni qabul qilib bo‘ldik».

«Mourino – g‘olib, u mag‘lubiyatga uchragan paytimizda xuddi bizga o‘xshab juda xafa ko‘rinishda uyiga qaytadi. Biz qayd etayotgan natijalar bizning darajamizga va biz kutgan talablarga to‘g‘ri kelmaydi».

Mourino bizga ishonadi, biz esa unga. Kimdir buning aksi deb gapirayotgan bo‘lsa, bu yolg‘on. Mourino bilan munosabatlarim yaxshi. Shunchaki odamlar jamoada hammasi yomon bo‘lsa, qanaqadir tarix qidirishga tushib ketishadi», – deya gapirib o‘tdi Fabregas.

Top