23:41 / 11.11.2015
3370

Iroq koalitsiyani IShIDga qarshi harakatlarni faollashtirishga chaqirdi

Iroq xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi raisi raisi Hakim az-Zomil boshchiligidagi Iroq parlamenti delegatsiyasi Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Aleksey Pushkov bilan uchrashuvda Iroqda IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyani faollashishga chaqirdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

“Suriya va Iroq tog‘ yoki daryo ko‘rinishidagi tabiiy to‘siqlar bo‘lmagan hudud hisoblanadi va IShIDga qarshi kurashning vazifasi Suriyada ham, Iroqda ham kurash olib borishni nazarda tutadi, aks holda IShID kuchlari Suriyada talofat ko‘rsa, ular cho‘l hududlari bo‘ylab osonlikcha Iroqqa o‘tishi va u yerdan boshpana topishi mumkin”, deb aytdi Pushkov Iroq delegatsiyasi a'zolariga iqtibos keltirgan holda.

Pushkovning aytishicha, iroqlik deputatlar nafaqat Suriyada operatsiya o‘tkazish zarurligini, balki Iroqda IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiyaning faollashishi kerakligini aytishdi.

“Ular ikki tomondan harakat qilish kerakligini, Rossiya Suriyada muvaffaqiyatli harbiy harakatlar olib borayotgani va xalqaro koalitsiya faollashishi kerakligini, aks holda Suriyada talofat ko‘rayotgan ishidchilar Iroqqa o‘tib olib, yana Suriyaga qaytishi mumkin va muammo hal bo‘lmasligini aytishdi”, deb ta'kidlab o‘tdi Pushkov.

Pushkovning ta'kidlashicha, ikkala tomon ham Rossiyada ham, Iroqda ham AQShning IShIDga qarshi kurashga qiziqishi qanchalik jiddiyligi borasida oydinlik yo‘qligini sezishmoqda. Bu holat avvalambor Iroqda xavotir uyg‘otmoqda, chunki mamlakatning 4 ta viloyati va bir qator yirik shaharlari IShID tomonidan bosib olingan.

Top