15:02 / 11.11.2015
4370

Janubiy Afrika iste'dodlar shousida 3 yashar DJ g‘olib bo‘ldi

DJ Arch Jr. taxallusli 3 yoshli bola “Janubiy Afrikada iste'dodlar bor” shousida g‘alaba qozondi, deb xabar beradi The New Musical Express nashri.

Bolaning asl ismi Oratilve Xlongvanen. Uning otasi Glen o‘zi qiziqqan sohaga bolasini juda erta o‘rgata boshlagan. Ta'kidlanishicha, bola musiqa yaratishga 1 yoshidanoq qiziqib qolgan.

Top