15:27 / 11.11.2015
2656

Jyeymi Vardi: "Real"ga o‘tishim haqidagi xabarlar shunchaki mish-mish

"Lester" jamoasining 28 yoshli hujumchisi Jyeymi Vardi "Real"ga o‘tishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.

"Bularning barchasi mish-mishdan boshqa narsa emas. Men o‘z faoliyatimdan mamnunman va "Lester"da imkon qadar avvalgidek o‘ynashda davom etmoqchiman.

Mavsum men va jamoa uchun omadli kechmoqda", - deydi Vardi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi oktabr oyida Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. U joriy mavsumda APLning 12 turida 12ta gol urdi.

Top