21:25 / 11.11.2015
5082

KUN.UZ dayjesti: 11 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 11 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

OAV: Suriya armiyasi ikki yil qamalda bo‘lgan Suriya aviabazasi qurshovini buza oldi>>

Suriya hukumat qo‘shinlari Suriyaning shimolida ikki yildan beri qamalda bo‘lgan aviabazaning qurshovidan o‘ta olishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Moskva politsiyasi ekstremizm xavfi tufayli kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda>>

Moskva politsiyasi ekstremizm xavfi tufayli kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

Buxarestdagi yong‘in tufayli qurbon bo‘lganlar soni 49 kishiga yetdi>>

Ruminiya poytaxti Buxarest markazidagi mashhur tungi klublardan birida 31 oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan yong‘in natijasida qurbon bo‘lganlar soni 49 kishini tashkil etmoqda. 

Lufthansa bort kuzatuvchilarining ish tashlashlari sabab 100 ming kishining chiptasi bekor bo‘ldi>>

Germaniyaning yirik Lufthansa aviatashuvchisi 11 noyabr kuni 930ga yaqin reyslarni bort kuzatuvchilarining ish tashlashlari sababli bekor qildi, deya xabar berildi aviatashuvchi rasmiy saytida. 

Yaponiyaning ilk reaktiv yo‘lovchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunladi>>

Yaponiyaning yangi Mitsubishi Regional Jet (MRJ) reaktiv yo‘lovchi samolyoti 11 noyabr kuni birinchi sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Obama Eronga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Eronga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda uning ikkala palata rahbarlariga yo‘llangan maktubi va tegishli hujjatda aytildi.

Chilida bir soat ichida 6,9 magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi>>

11 noyabrda Chili sohillari yaqinida bir soat ichida 6,9 magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologik xizmati ma'lum qildi.

Hillari Klinton AQShning IShIDga qarshi urush e'lon qilishiga hali erta deb hisoblamoqda>>

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klinton ayni paytda IShID terrorchilik guruhiga qarshi urush e'lon qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.   

Putin: Rossiya qurollanish poygasiga kirmayapti, balki qo‘ldan boy berilganning o‘rnini to‘ldirmoqda>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya qurollanish poygasiga kirishni istamasligini aytdi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi.

Misr parvozlarning bekor qilinayotganidan bir oyda 273 mln dollar zarar ko‘rdi>>

Yevropaning bir qator davlatlari tomonidan Misrga uchishi kerak bo‘lgan aviareyslarning bekor qilingani mamlakat iqtisodiyotiga bir oy ichida 273 million dollar zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda 11 noyabr kuni respublika Turizm vazirligi xabar qildi.

OAV: Bengaziyada IShID jangarilari bilan to‘qnashuv vaqtida 16 kishi halok bo‘ldi>>

Liviyaning Bengaziya viloyati hududida qonuniy hukumat tarafdorlari va IShID jangarilari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv natijasida kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Independent: Yaqin Sharqda xristian dini butunlay yo‘qolish xavfi ostida>>

IShID jangarilari tomonidan boshqa din vakillariga nisbatan shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘layotgani sababli yaqin o‘n yillikda Yaqin Sharqdagi bir qator mamlakatlarda xristian dini to‘liq yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, deya yozmoqda The Independent nashri.

“D’Artanyan va uch mushketyor” filmi rejissyori vafot etdi>>

Moskvada Rosssiyaning mashhur rejissyori Georgiy Yungvald-Xilkevich 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda RF kinematografiyachilari ittifoqi ma'lumotlariga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Markaziy Afrika Respublikasida BMT tinchlikparvari o‘ldirildi>>

Markaziy Afrika Respublikasida musulmon jangarilari bilan bo‘lgan qurolli to‘qnashuvda BMT tinchlikparvari halok bo‘ldi. Bu haqda xalqaro tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Mersedes» yangilangan SL dizaynini namoyish qildi>>

Mercedes-Benz kompaniyasi yangilangan SL rodster (ikki o‘rindiqli usti ochiq yoki yopiq avtomobil) suratlarini namoyish qildi. 

Yozef Blatter asab tizimidagi muammolar sababli shifoxonaga tushib qoldi>>

90 kun muddatga futboldan chetlatilgan FIFA prezidenti Yozef Blatter asab tizimidagi muammolar sababli shifoxonaga yotqizildi. 79 yoshli shveysariyalik mansabdorning hozirgi holati borasida aniq ma'lumotlar berilmagan.

Roy Kin: Ronalduni men "odam" qilganman, mensiz u hozirgi darajaga chiqa olmasdi>>

"Manchester Yunayted" jamoasining sobiq futbolchisi Roy Kin o‘zining sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida hazilomuz fikr bildirdi.

Afg‘oniston politsiyasi norozilik namoyishi chog‘ida o‘t ochdi>>

Afg‘oniston politsiyasi Kobuldagi norozilik namoyishi chog‘ida ogohlantirish tartibida havoga o‘q uzdi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Estoniyada "Rossiyasiz globus" ishlab chiqildi>>

Estoniyadagi do‘konlarda "Estoncha globus" sotilmoqda. Mahalliy Postimees nashriga asoslanib RIA Novosti nashrining xabar berishicha, bunday globuslarning alohida jihati shundaki, unda Rossiya xaritasi mavjud emas.

Top