22:08 / 11.11.2015
13199

KUN.UZ dayjesti: 11 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 11 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Qozog‘iston aholisi uchun LiveJournal platformasiga kirish imkoni 4 yildan so‘ng qaytib berildi>>

Qozog‘iston hukumati mamlakat fuqarolari uchun 2011 yilda yopib qo‘yilgan “Tirik jurnal” blog-platformasini qayta ishga tushirdi. Bu haqda “Gazeta.Kz” xabar bermoqda.

Gulchehra Eshonqulova familiyasini o‘zgartirdimi?>>

O‘zbekistonlik taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulova ayni vaqtda xorijda. Uning Instagramiga o‘zi tomonidan qo‘yilgan suratlardan bilish mumkinki, u Turkiyada va yolg‘iz emas.

Erning tug‘ayotgan rafiqasi yonida olgan selfisi internetda mashhurlashib ketdi

Tug‘ruq xonasida o‘z rafiqasi farzandini dunyoga keltirayotgan holatni selfiga muhrlagan er internetni "zabt etdi".

Qirg‘izistonda kelinni uyidan otda olib ketish urf bo‘lmoqda>>

Oxirgi paytlarda qo‘shni Qirg‘izistonda to‘y kortejlarini yaratishda o‘ziga xos moda paydo bo‘ldi. Ilgari turli-tuman mashinalarda kelinning uyiga kelish odat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda yosh yigitlar otlarga qiziqish bildirmoqda.

Oybek va Nigoraning nikoh to‘yi 21 noyabrda bo‘lib o‘tishi ma'lum qilindi>>

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 21 noyabr kuni turmush qurishlarini ma'lum qilishdi. Ayni damda ikki yosh to‘yga tayyorgarlik ko‘rishmoqda va to‘y uchun liboslar tanlashgan. Bu haqda Kun.uz saytiga xonandalarning ma'muri ma'lum qilgan.

Siettl hokimiyati shahardagi "saqichli devor"ni yo‘q qilishga ko‘rsatma berdi>>

AQShning Siettl shahri hukumati shahardagi mashhur "Saqichli devor"ni yo‘q qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda The Seattle Times nashri xabar tarqatgan.

Jyenevada pushti olmosli uzuk 28,8 mln dollarga sotildi>>

16 karatli kam uchraydigan pushti olmos Jyenevadagi Christie's auksionida 28,8 mln dollarga sotildi. Bu haqda auksion uyi saytida ma'lum qilingan.

Kuala-Lumpurdan Toshkentga 311 dona ananas yashirin tarzda olib kirilishi to‘xtatib qolindi>>

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida bir nechta bojxona qoidabuzarliklari fosh qilindi. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBK axborot xizmati xabar berdi.

Janubiy Afrika iste'dodlar shousida 3 yashar DJ g‘olib bo‘ldi>>

DJ Arch Jr. taxallusli 3 yoshli bola “Janubiy Afrikada iste'dodlar bor” shousida g‘alaba qozondi, deb xabar beradi The New Musical Express nashri.

O‘zbek xonandasi poytaxt aholisini hayratga soldi>>

Turli musiqali televizion-shoular qatnashchisi, iste'dodli yosh ijrochi Ulug‘bek Xaliqov Toshkent ahlini hayratda qoldirdi. Xonanda kafe mijozlari, avtobus yo‘lovchilari, shahar ko‘chalaridagi piyodalar oldida chiqish qildi. 

Alibaba Bo‘ydoqlar kunining dastlabki 12 soatida 9 mlrd dollarlik tovar sotdi>>

Onlayn-savdo bilan shug‘ullanuvchi Alibaba kompaniyasi Xitoyda 11 noyabr – Bo‘ydoqlar kuni munosabati bilan mahsulotlarni onlayn tarzda arzon sotish e'lon qilingandan keyin 12 soat o‘tib Tmall platformasi orqali 9 mlrd dollarlik tovar sotdi va o‘tgan yildagi rekordini yangiladi. 

Brabus 700 ot kuchiga ega Mercedes-Benz GLE Coupe ishlab chiqdi>>

Brabus tyuning-atelesi 700 Soupe nomini olgan “kuchlantirilgan” Mercedes-Benz GLE Coupe 63 AMG S krossoverini ishlab chiqdi. Uning taqdimoti Dubaydagi motorshouda o‘tkazildi.

Dunyodagi eng tez mashina ixtirochisi ming ot kuchiga ega elektrokar ishlab chiqadi>>

AQShning Hennessey Performance kompaniyasi (dunyodagi eng tezkor mashina - Venom GT’ni yaratgani bilan mashhur) elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Jon Xennessiga tayangan holda Top Gear xabar bermoqda.

Feysbuk messenjerida telefonda do‘stlar rasmini topib, ularni do‘stlarga yuborishni taklif qiluvchi funksiya paydo bo‘ldi>>

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook o‘zini oshkor etmaslikni istaydigan foydalanuvchilarda qarama-qarshi hislar uyg‘otuvchi funksiyalarni joriy qilishda davom etmoqda. Feysbuk messenjeri foydalanuvchining do‘stlarini smartfonga yaqinda olingan ijtimoiy tarmoqdagi fotosuratlari bo‘yicha topishni o‘rganib oldi.

Yaponiyaning MRJ layneri 40 yil ichida ilk bor parvozga ko‘tarildi>>

Mitsubishi Aircraft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan MRJ yo‘lovchi layneri o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi.

Finlyandiyada muhojirlarni sodda fin tilida gapirishga chaqirishmoqda>>

Finlyandiyada Puhu selkokieltä! (Sodda fin tilida gapir!) degan kampaniya boshlandi. Bundan maqsad mamlakat aholisi muhojirlar uchun soddalashtirilgan fin tilini targ‘ib qilishdan iborat, deb xabar bermoqda Yle.

Yaponiyada ilk bor ayollarga qiruvchi samolyotlarni boshqarishga ijozat berildi>>

Yaponiya Mudofaa vazirligi birinchi marta ayollarga milliy mudofaa havo kuchlarining qiruvchi samolyotlarini boshqarishga ruxsat berildi. Kyodo agentligining 11 noyabrda xabar berishicha, bunday choralar avvalroq qabul qilingan mehnat bilan band ayollar sonini oshirish to‘g‘risidagi qonun talablariga mos ravishda amalga oshirilmoqda.


Top