16:06 / 11.11.2015
2978

Lufthansa bort kuzatuvchilarining ish tashlashlari sabab 100 ming kishining chiptasi bekor bo‘ldi

Germaniyaning yirik Lufthansa aviatashuvchisi 11 noyabr kuni 930ga yaqin reyslarni bort kuzatuvchilarining ish tashlashlari sababli bekor qildi, deya xabar berildi aviatashuvchi rasmiy saytida.
Taxminan 100 ming yo‘lovchi xarid qilingan chiptalari bo‘yicha o‘z manzillariga bora olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni Bort kuzatuvchilari mustaqil tashkiloti kasaba uyushmasi Frankfurt va Dyusseldorf aeroportlarida ish tashlashlar boshlanganini xabar qilgan edi. Ayrim manbalarda keltirilishicha, ish tashlashlar 13 noyabrga qadar davom etishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ish tashlashlarga har ikki tomonning tarif muzokaralarida bir qarorga kela olishmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Top