17:04 / 11.11.2015
2698

Nigeriya prezidenti yangi hukumat qasamyodini qabul qildi

Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy 36 vazirdan iborat yangi hukumatning qasamyod qabul qilish marosimida ishtirok etdi.

Qayd etish kerakki, yangi hukumatning shakllanish jarayoni uzoq vaqt davom etdi. Muhammad Buxoriy 5 oy oldin, may oyida mamlakat prezidenti sifatida saylangandi.

Yangi hukumatda avvalgisidan 6ta o‘rin kam. Avvalgi prezident Gudlak Jonatan hukumatida 42 nafar vazir bor edi.

Yangi hukumat o‘z oldiga ayni vaqtda avj olgan poraxo‘rlik muammosi va mamlakat shimolidagi "Boko Haram" tahdidiga qarshi kurashish vazifasini qo‘ygan.

Top