01:17 / 11.11.2015
8686

OAV: Suriya armiyasi ikki yil qamalda bo‘lgan Suriya aviabazasi qurshovini buza oldi

Suriya hukumat qo‘shinlari Suriyaning shimolida ikki yildan beri qamalda bo‘lgan aviabazaning qurshovidan o‘ta olishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Suriya hukumatiga yaqin bo‘lgan harbiy manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘shinlar qamalda bo‘lgan Kuveyris aviabazasi himoyachilari yoniga bora olishdi.

RIA “Novosti” axborot agentligi harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, qamaldan aviabaza yaqinidagi Shayx-Axmad aholi punkti ozod qilingandan keyin o‘ta olishga muvaffaq bo‘lindi.

Avvalroq mahalliy aholi asosiy janglar Halabning sharqiy chekkasida bo‘layotganini ma'lum qilgandi. Shaharning bir qismi hali ham turli muholif guruhlar nazoratida qolmoqda, turar-joy dahalari bombardimonlarga uchramoqda.

Top