16:05 / 11.11.2015
3434

O‘zavtoyo‘l: IX Xalqaro sanoat yarmarkasida 100 mlrd so‘mdan ortiq hajmdagi shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 26 oktabridan 5 noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda "O‘zavtoyo‘l" AK tizimidagi korxona va tashkilotlar ham ishtirok etishdi.

Kompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi yakunlariga ko‘ra, "O‘zavtoyo‘l" kompaniyasi tizimidagi tashkilotlar hamda O‘zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida mazkur korxonalarning yo‘l qurilishi va saqlashda ishlatiladigan mahsulot va texnikalarini sotib olish bo‘yicha 100 milliard so‘mlikdan ziyod, shuningdek, "O‘zavtoyo‘l" tizimidagi korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish bo‘yicha qiymati 12 milliard so‘mdan ortiq shartnomalar imzolandi. Bu o‘tgan yilda imzolangan shartnomalarga nisbatan 112,4 foizni tashkil qiladi.

"Kooperatsion birja doirasida sotib olinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan uskunalar, mashina mexanizmlar hamda materiallar - bir tomondan kompaniya tizimidagi korxonalarning moddiy bazasini mustahkamlashga xizmat qilsa, boshqa tomondan lozim bo‘lgan bozor infratuzilmasini yaratib, mamlakatimizdagi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘rtasidagi uzoq muddatli o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga hissa qo‘shadi", deyiladi xabarda.

Top