12:41 / 11.11.2015
3927

O‘zbekiston va Latviya Riga portida qo‘shma korxona tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston biznes-logistika rivoji uyushmasi va Latviya stividor kompaniyalari uyushmasi Riga portida qo‘shma korxona tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda uyushma prezidenti Uldis Papans bayonot berdi.

Ushbu kelishuv doirasida tomonlar qo‘shma korxona loyihasinining texnik-iqtisodiy asoslanishi va moliyalashtirilishi borasida ish olib boradi.
“Biz Riga erkin porti hududida qo‘shma korxona, xab tashkil etishni taklif qilmoqdamiz. Bu O‘zbekiston eksportchilarining Yevropa bozoridagi pozitsiyalarining mustahkamlanishiga olib keladi”, - ta'kidladi Papans.

Bundan tashqari, agentlik suhbatdoshi 2015 yilda ikki davlat o‘zaro tranzit salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yanada faollashtirganini eslatib o‘tdi.

Top