22:32 / 11.11.2015
8152

Rolex dengizchi Popay tasviriga ega soat ishlab chiqardi

Bamford kompaniyasi Dr. Romanelli bilan hamkorlikda ishlangan dengizchi Papay tasviri tushirilgan Rolex soatlari kolleksiyasini taqdim etdi. Soat mexanizmidagi mil multfilm qahramonining qo‘li shaklida ishlangan, deb xabar bermoqda Highsnobiety.

Soat korpusi titandan ishlangan. Kolleksiyada 29 nusxadan iborat. Uning narxi 31,7 ming dollardan iborat. Kolleksiyadagi soat maxsus o‘ramda, ismaloq solingan bankalar va konserva pichog‘i bilan qo‘shib sotiladi.

Rolex — lyuks klassidagi soatlar ishlab chiqaruvchi Shveytsariya kompaniyasidir. Kompaniyaga 1905 yilda asos solingan. Uning shtab-kvartirasi Jyenevada joylashgan.

Top