21:49 / 11.11.2015
6774

Rossiyalik aktyor Marat Basharov miya o‘simtasi aniqlangan sobiq rafiqasiga yordam bermoqchiligini aytdi

41 yoshli rossiyalik aktyor Marat Basharov o‘zining sobiq rafiqasi, 40 yoshli aktrisa Yekaterina Arxarovada miya o‘simtasi aniqlanganini jurnalistlardan bildi. Ular bir yildan beri ajrashishganlariga qaramasdan, aktyor sobiq rafiqasining salomatligidan qattiq xavotirlanmoqda. Biroq Yekaterina Arxarova unga bu haqda aytishga oshiqmayapti. Arxarova sobiq erining qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti. Marat Basharov SUPER nashriga bergan intervyusida sobiq rafiqasiga yordam bermoqchi ekanligini aytdi.

“To‘g‘risini aytsam, Katyaning kasal ekanligi men uchun yangilik bo‘ldi. Men unga qo‘ng‘iroq qilyapman, biroq u javob bermayapti. Men unga yordam bermoqchiman. Biz u bilan roppa-rosa bir yil gaplashmadik. Shuning uchun men nima bo‘layotganidan bexabarman. Men Katya bilan gaplashib olmagunimcha hech narsani tushunmayman. Bu, albatta ayanchli. Men albatta unga qo‘ng‘iroq qilib tushaman. Men u bilan gaplashib olmoqchiman”, deb aytdi aktyor.

Kuni-kecha aktyorning sobiq rafiqasida miya o‘simtasi topilgani ma'lum qilingandi. Marat va Katya bir yil avval Marat Katyani qattiq urgandan keyin ajrashib ketishgan. Biroq o‘tgan oyda Marat o‘zining sobiq rafiqasiga oshkor tarzda feysbukdagi sahifasi orqali sevgisini izhor qilgan.

Aktrisaning aytishicha, u Marat tomondan kaltaklangandan keyin boshida shovqin seza boshlagan. Katya bir nechta klinikalarda tekshiruvdan o‘tgandan keyin unga bosh miyaning jarohatdan keyingi meningiomasi tashxisi qo‘yilgan. Katyaning tan olishicha, o‘simta hayot uchun xavfli emas.

Top