09:17 / 11.11.2015
4510

Toshkent avtomobil-yo‘llar institutiga kiritib qo‘yish evaziga odamlardan aldov yo‘li bilan pul undirib yurgan jinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi

Toshkent avtomobil-yo‘llar institutiga kiritib qo‘yish evaziga odamlardan aldov yo‘li bilan pul undirib yurgan jinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Guruh a'zolari Mavlon Samadov, Latifjon Nurqulov va uning o‘g‘li Dilmurod Nurqulovlar edilar. Ular aniq belgilangan ssenariy bo‘yicha “o‘lja” topib, ularni aldashgan. Ularning “mijoz”lari farzandlari o‘qishga kira olmagan ota-onalar edi.

Bu toifadagi insonlarni osonlik bilan aldagan qalloblar ulardan “gaplashib berish”, “kirgizib qo‘yish” bahonalari bilan osonlikcha pul undirishgan.
Shu tariqa M. Bakirovdan 4.5 ming dollar, U. Xolmetovadan 5 ming dollar, E. Muradovadan 1.5 ming dollar olingan.

Lekin ular tegishli idoralar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Sud hukmi bilan guruh rahbari L. Nurqulov 5.5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top