18:47 / 11.11.2015
3688

Toshkentda temir yo‘l transportida resurs tejamkor texnologiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi

2015 yil 14-15 dekabr kunlari Toshkent Temir Yo‘l Muhandislari Institutida temir yo‘l transportida Resurs tejamkor texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha xorijiy xalqaro hamjamiyati olimlari ishtirokidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkaziladi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Ilmiy anjumanga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ vakillari, hududiy temir yo‘l uzellari, tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari va mutaxassislari, O‘zbekiston, MDH va xorijiy davlatlarning transport oliy ta'lim muassasalari olimlari, professor-o‘qituvchilari, loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari – temir yo‘l transporti uchun texnik manbaalar va texnologiyalar yaratuvchilari taklif etilgan.

Anjumanda qatnashish uchun tashkiliy qo‘mitaga ariza bilan murojat qilish lozim bo‘ladi.

Yangi yo‘nalishlarning iqtisodiy samaradorligi va tashish jarayonining resurs talabchanligini pasaytirish usullarini tahlil qilish hamda transport sohasida resurs tejamkorlik dasturiga kiritish uchun berilgan takliflarni muhokama qilish ushbu anjumnning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Anjuman sho‘'balari:
  -  Tashish jarayonini tashkil etish va boshqarishda resurs tejamkor texnologiyalar;
 - Temir yo‘l harakat tarkibidan foydalanishda va ta'mirlashda resurs tejamkor texnologiyalar;
  -  Yo‘l xo‘jaligi va qurilishda resurs tejamkor texnologiyalar;
 - Temir yo‘l transporti avtomatikasi, elektr aloqasi va energota'minotida resurs tejamkor texnologiyalar;
  - Temir yo‘l transportining moliya-iqtisod sohasida resurs tejamkor texnologiyalar.

Anjumanning yalpi va sho‘'ba majlislarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, loyiha, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish tashkilotlari, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar transport oliy ta'lim muassasalari vakillari doklad bilan chiqishlari ko‘zda tutilgan.

Top