10:55 / 11.11.2015
4075

Toshkentdagi sobiq aviazavod ishlanmalari Rossiya aviakompaniyasi tomonidan xarid qilinadi

Rossiyaning “Aviatsionnyy kompleks imeni Ilyushina” JAJ bosh direktori Sergey Velmojkin “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Toshkentdagi sobiq aviazavod (bugungi “Toshkent mexanik zavodi” AJ) ishlanmalarini xarid qilish niyati borligini aytdi.

“Ayni paytda aviakompaniya O‘zbekiston bilan V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsion ishlab chiqarish birlashmasi ishlanmalarini sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda; u yerda ilgari Il-114 ishlab chiqarilar edi”, - dedi u.

Uning ta'kidlashicha, kelishuvga erishilgan taqdirda Nijniy Novgoroddagi “Sokol” aviazavodida har yili 18 dona Il-114 yo‘lovchi samolyotlari ishlab chiqarilib, mahalliy aviatashuvchilarga lizing shartnomalari asosida yetkazib beriladi.

Top