21:10 / 11.11.2015
4588

Ukraina hukumati mamlakatda mehnat daftarchasi yuritishni bekor qildi

Ukraina hukumati mehnat daftarchasini bekor qilishni tasdiqladi. Bu haqda mamlakat iqtisodiy taraqqiyot vaziri Ayvaras Abromavichus ma'lum qildi, deb xabar bermoqda UNIAN.

“Mehnat daftarchasi haqidagi muammo ham hal etildi. Ular bekor bo‘ladi. Yuqori radaga qonun loyihasini kiritamiz. Bu ish beruvchilar uchun jarayonni bir muncha soddalashtiradi. Barcha mamlakatlar bu jarayondan o‘tishgan”, — dedi vazir.

Vazirning eslatishicha, 2004 yildan boshlab mamlakatda fuqarolarni ish joylarini qayd etuvchi yagona mehnat reyestri yuritilmoqda.

“Agar kim mehnat daftarchasini tutishni istasa, u uni tutaveradi”, — deb qo‘shimcha qilgan Abromavichus.

Top