17:30 / 11.11.2015
6433

Venger doping haqida: Hozir sportda juda xavfli davr hukm surmoqda

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger futboldagi doping mojarolari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men hayotda muhim deb hisoblagan qadriyatlarga sodiq bo‘lishga harakat qilaman va biz boshqalarga ham xuddi shularni ulashishga harakat qilamiz».

«30 yillik murabbiylik faoliyatim davomida birorta shogirdim faollikni oshiradigan qo‘shimcha vositalardan foydalanmagan. Men ularga hech qachon bunday narsa bermaganman. Barcha ishlar professional g‘urur bilan amalga oshirilgan. Men mana shunaqa g‘ururli deb bo‘lmaydigan bir qancha jamoalarga qarshi o‘ynaganman».

«Hozirda sportda juda xavfli davr hukm surmoqda. Kimdir hozir qanday yo‘l bilan bo‘lmasin g‘alaba qozonishidan qat'iy nazar ularni maqtashga tushamiz. O‘n yillar vaqt o‘tib esa o‘sha davrda birinchi bo‘lgan aslida hammani aldagan, ikkinchi o‘rinni olgan esa shu davr mobaynida jabr chekib kelgan va tan olinmagan bo‘lishi mumkin», deya Vengerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

Top