22:37 / 11.11.2015
4703

Yosh amerikalik ayollar tobora ota-onalari bilan yashashni afzal ko‘rmoqdalar

18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan amerikalik ayollar tobora ota-onalari yoki boshqa qarindoshlari bilan yashashni afzal ko‘rmoqdalar. Bu haqda Associated Press axborot agentligi Pew Research Center tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Ekspertlar AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosi ma'lumotlarini o‘rganib, 2014 yilda 18 yoshdan 34 yoshgacha 36,4 foiz amerikalik ayol ota-onalari yoki boshqa qarindoshlari bilan yashaganligini aniqlashdi. Bu 1940-yillardan beri eng katta ko‘rsatkich bo‘ldi, o‘sha kezlarda
36,2 foiz amerikalik ayollar oilalari bilan yashashni afzal ko‘rishgan.

Ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari bilan yashashni xush ko‘rgan amerikalik yosh yigitlar 42,8 foizni tashkil qilgan (1940 yildagi 47,5 foizga nisbatan).

Ta'kidlanishicha, yosh yigit-qizlar 2000 yildan keyin ko‘proq uyda qolishni yoki unga qaytishni boshlashgan. 2000-yillar oxiridagi uy-joy bozoridagi susayish va pasayish oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy mavhumlik sababli bu jarayon faollashgan.

Top