12:10 / 12.11.2015
5320

Astronomlar Quyosh tizimi yaqinida yangi sayyora kashf qilishdi

AQSh astronomlari Quyosh tizimida yangi sayyorani kashf qilishdi.

Amerikalik olimlarning ta'kidlashicha, ushbu sayyora juda issiq va unda hayot uchun sharoitlar bo‘lishi amri mahol.

Mutaxassislar yangi sayyora orbitasi haqida ko‘proq ma'lumot to‘plash uchun uni muntazam ravishda kuzatib borishmoqda.

Bu kashfiyot haqida ekspertlar Vashingtondagi sayyoralarning bo‘linishiga bag‘ishlangan ilmiy yig‘ilish vaqtida ma'lum qilishgan.

Bundan tashqari, ushbu anjumanda Yerdan eng uzoqda bo‘lgan Quyosh tizimidagi obekt ma'lum qilingan. Uning Quyoshdan 15 mlrd kilometr uzoqlikda ekanligi aytilmoqda.

Astronomlarning aytishicha, gap minglab kilometr diametrga ega planetoid haqida ketayotgan bo‘lishi ham mumkin. Ushbu osmon jismi Yaponiyaning Subaru teleskopi orqali aniqlangan.

Top