23:47 / 12.11.2015
3584

Beyrutdagi portlash qurbonlari soni 27 nafar kishiga yetdi

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Beyrutda sodir bo‘lgan ikkita portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 27 kishiga yetdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 127 nafar kishi jarohatlangan. Bu ma'lumotni tibbiyot xodimlari tasdiqlagan.

Avvalroq halok bo‘lganlar 12 nafar kishi ekanligi, portlashlar avtobus bekatida sodir etilgani xabar qilingan edi.

Top