17:00 / 12.11.2015
6865

Bond haqidagi yangi filmdan o‘rin olgan portlash Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Bond haqidagi oxirgi film “Spektr”dan o‘rin olgan portlash Ginness rekordlar kitobiga kino tarixidagi eng keng miqyosli portlash tariqasida kiritildi. Bu haqda IndieWire portali yozmoqda.

Bu portlashni suratga olish uchun ijodiy jamoaga 8.4 kubometr yoqilg‘i va 33 kg portlovchi modda kerak bo‘ldi.

Kartina prodyuseri Barbara Brokkoli hamda aktyor Deniel Kreyg Pekinda o‘tkazilgan marosimda maxsus effektlar postanovkachisi Kris Korbold nomidan Ginness sertifikatini qabul qilib oldi.

Top